









YOSHLAR BANDLIGINI TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
TA’MINLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
NamangYOSHLAR BANDLIGINIan shahar hokimligining katta majlislar zalida yoshlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati, Namangan shahar hokimi Ayubxon Kamalov, shahar prokurori Qodirxon Asqarov, shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Ilhomjon Sotivoldiyev, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i Bahromjon Orziboyev, yoshlar yetakchilari, mahallalarda faoliyat yuritayotgan soliq xodimlari hamda tashkilot va korxona rahbarlari ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda shaharda yoshlar bandligini ta’minlash, ularni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar tinglandi.
Shuningdek, tashkilot va korxonalarga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash holati tahlil qilinib, mavjud muammolar hamda ularning yechimlari atroflicha muhokama etildi.
Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning kasb-hunar egallashi va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lishi uchun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish zarurligi ta’kidlandi.