






SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
SUN’IY INTELLEKT IMKONIYATLARIGA BAG‘ISHLANGAN O‘QUV MASHG‘ULOTI O‘TKAZILDI
Sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, ularning imkoniyatlarini amaliy faoliyatga tatbiq etish hamda zamonaviy raqamli ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadida o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulotda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Sh. To‘raboyeva ham ishtirok etdi.
Mashg‘ulot davomida sun’iy intellektning zamonaviy imkoniyatlari, undan kundalik faoliyatda foydalanish usullari, axborotni qayta ishlash, tahlil qilish hamda ish samaradorligini oshirishdagi ahamiyati yuzasidan bilim va ko‘nikmalar berildi. Ishtirokchilar sun’iy intellekt vositalaridan amaliy foydalanish bo‘yicha tushunchalarini boyitdilar.
Deputatning bunday o‘quv mashg‘ulotida ishtirok etishi zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish, raqamli savodxonlikni oshirish va yangi texnologiyalardan samarali foydalanish borasidagi faoliyatning muhim yo‘nalishlaridan biridir.