Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280414
Gallery image 280415
Gallery image 280416
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
10:01

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
#Haftalik_ish_rejasi
🌱 DEPUTAT ISSIQXONA FAOLIYATI BILAN TANISHDI


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 7-Boybuloq saylov okrugi deputati L.Xakimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Guliston” mahallasi hududida joylashgan tuman Kengashi deputati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchisi O.Umarovning issiqxona faoliyati bilan tanishildi.

🥒 Ayni paytda issiqxonada bodring yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, yetishtirilgan hosil ichki bozorga chiqarilmoqda.

🌿 Tanishuv davomida issiqxonadagi ishlab chiqarish jarayoni, mahsulot yetishtirish va hosilni bozorga yetkazib berish faoliyati bilan yaqindan tanishildi.

📈 Mazkur faoliyat aholini yil davomida yangi va sifatli qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash hamda ichki bozorni mahalliy mahsulotlar bilan to‘ldirishga xizmat qilmoqda.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube