




#BuloqboshiKengashi #DeputatNazorati #QonunTarğiboti #Bandlik #IjtimoiyReyestr #SharqYulduzi
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 17-Sharq Yulduzi saylov okrugi deputati Sh.Karimov tomonidan mahallada Ijtimoiy reyestrda turuvchi fuqarolarning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida tikuv sexida fuqarolar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, ularni ish bilan ta’minlash, shuningdek, ko‘rsatilayotgan amaliy yordam va qo‘llab-quvvatlash choralari bilan yaqindan tanishildi.
Jarayon davomida tikuv sexida mehnat qilayotgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr-mulohazalari tinglandi. Fuqarolar yaratilgan sharoitlar va ko‘rsatilayotgan e’tibordan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Shuningdek, tadbirkorlar suhbat qurilib ularga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar haqida va «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, №O‘RQ-328, sonli qonuni manmuni va mohiyati haqida batafsil aytib tushunchalar berildi.
Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning turmush farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘rganishdan iborat.
Aholi bandligi va farovonligi — doimiy deputatlik nazoratida!
| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |