




KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ISSIQLIK TA’MINOTI MASALALARI
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA ISSIQLIK TA’MINOTI MASALALARI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimini takomillashtirish, yashil energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish hamda Namangan shahrida 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari navbatdagi sessiya kun tartibi doirasida muhokama qilindi.
Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar, kommunal infratuzilmaning holati va mavsumni betalafot o‘tkazish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.
Deputatlik faoliyatining 11- va 14-yo‘nalishlari: kuz-qish mavsumida isitish tizimi hamda aholini elektr energiyasi, gaz va boshqa kommunal xizmatlar bilan ta’minlash holatini o‘rganish.
Qonunchilik targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiya tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati o‘rganildi.