Barcha yangiliklar
GENDER TENGLIGI VA XOTIN-QIZLARNI HIMOYA QILISH MASALALARI
Gallery image 280393
Gallery image 280394
Gallery image 280395
Gallery image 280396
Gallery image 280397
NURMATOV AKRAM AXMEDJANOVICH
29 Okt 2026
09:57

GENDER TENGLIGI VA XOTIN-QIZLARNI HIMOYA QILISH MASALALARI

GENDER TENGLIGI VA XOTIN-QIZLARNI HIMOYA QILISH MASALALARI

Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlash, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun hujjatlarining Namangan shahridagi ijrosi navbatdagi sessiya kun tartibidagi masala sifatida muhokama qilindi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi va tegishli masalalarni sessiyada ko‘rib chiqish bilan bog‘liq jihatlarga e’tibor qaratildi.

Deputatlik faoliyatining 6-yo‘nalishi: mahalladagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rganish.

Qonunchilik targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-562-son “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘RQ-561-son “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati o‘rganildi.