

TA’LIM, IJTIMOIY HIMOYA VA MAHALLIY BUDJET MASALALARI
TA’LIM, IJTIMOIY HIMOYA VA MAHALLIY BUDJET MASALALARI
Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi kotibiyati mudiri N. Ubaydullayev hamda doimiy komissiya a’zolari ishtirokidagi yig‘ilishda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar, ijtimoiy muhofazaga muhtoj va ish topishda qiynalayotgan shaxslar uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash hamda shahar budjetining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish masalalari muhokama qilindi.
Mazkur masalalarni navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqish, ularning mazmun-mohiyatini tahlil qilish hamda tegishli hujjatlarni o‘rganishga e’tibor qaratildi.
Deputatlik faoliyatining 5-, 20- va 23-yo‘nalishlari: ijtimoiy ehtiyojmand aholini qo‘llab-quvvatlash, davlat xizmatlari ko‘rsatilishi va aholi bandligi masalalarini o‘rganish.
Qonunchilik targ‘iboti: O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 23-sentabrdagi O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni hamda 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati o‘rganildi.