Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280356
Gallery image 280357
Gallery image 280358
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
09:23

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Haftalik_ish_reja
#Kotibiyat_mudir_ish_reja
📌 HAFTALIK ISH REJALARI VA USTUVOR VAZIFALAR MUHOKAMA QILINDI


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov tomonidan kotibiyat xodimlari bilan joriy haftada Kengash tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

🗂 Muloqot davomida hafta davomida bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar, belgilangan chora-tadbirlar ijrosi, deputatlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish hamda Kengash faoliyatini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📚 Shuningdek, deputatlik faoliyatining muhim 24 ta ustuvor yo‘nalishi doirasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar, shuningdek, eng muhim 162 ta qonunning mazmun-mohiyatini deputatlar tomonidan o‘rganish va ularning amaliy faoliyatda qo‘llanilishiga alohida e’tibor qaratish masalalari muhokama qilindi.
Bunda deputatlarning qonunchilik bo‘yicha bilimlarini oshirish, saylovchilar murojaatlari va muammolarini o‘rganishda qonun normalaridan samarali foydalanish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda tashkil etish muhimligi ta’kidlandi.

✅ Yakunda kotibiyat xodimlari oldida turgan dolzarb vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirilib, ularning o‘z vaqtida hamda sifatli bajarilishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube