





Kengash_faoliyati
TASHABBUSLI BYUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan o‘rganishlar olib bormoqda.
✅Xususan, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat O.Ishpo‘latov tomonidan 2026-yilning III choragi yakunlari bo‘yicha jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tashabbuslarni moliyalashtirish uchun yo‘naltirilgan mablag‘lardan foydalanish holati mahallalarga chiqib o‘rganildi.
✅O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2022-yil 18-apreldagi KQ-334-VI-son qarori ijrosi doirasida tashkil etildi.
🔎 O‘rganish davomida:
✅ tashabbusli byudjet loyihalariga ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi;
✅ loyihalarning tasdiqlangan reja va talablar asosida bajarilishi;
✅ amalga oshirilgan ishlarning sifati va aholi ehtiyojlariga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Tahlil natijalari navbatdagi sessiya muhokamasiga kiritish uchun umumlashtirilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli xulosa va takliflar tayyorlanishi belgilandi.