Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280343
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
02 Noy 2026
08:57

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Sessiya_qarori_ijrosi
🏛 “TASHABBUSLI BUDJET” LOYIHALARI IJROSI NAZORATDA


📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan Sherobod tumani Iqtisodiyot va moliya bo‘limida o‘rganish ishlari olib borildi.

📑 O‘rganish davomida Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 2026-yil 2-mavsum «Tashabbusli budjet» jarayonida g‘olib deb topilgan loyihalarni moliyalashtirish to‘g‘risidagi VII-26-91-8-119-K/26-sonli qarori ijrosi yuzasidan mas’ul xodimlar bilan suhbat o‘tkazildi.

💬 Suhbatda g‘olib loyihalarni moliyalashtirish, mablag‘larni o‘z vaqtida yo‘naltirish hamda qarorda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

✅ Maqsad — fuqarolar tashabbusi bilan ilgari surilgan loyihalarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube