Barcha yangiliklar
#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati  Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 26-oktabr — 31-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
31 Okt 2026
08:52

#Haftalik_ish_reja_tahlili #Haftalik_dayjest #Kotibiyat_faoliyati Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 26-oktabr — 31-oktabr kunlari amalga oshirilgan ishlar sarhisobi

Hafta davomida xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati va deputatlarimiz tomonidan rasmiy telegram sahifa orqali 100 dan ortiq tadbir va uchrashuvlar keng yoritib borildi.

Har bir chiqishda hududlardagi dolzarb masalalar va ularning yechimiga alohida e’tibor qaratildi. Amalga oshirilgan keng ko'lamli ishlar sarhisobi bilan quyidagi telegram kanalimizdagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

▫️Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining haftalik ish rejasi;
▫️“Alpomish” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati tahlil qilindi;
▫️Mehrobod mahallasidagi muammolar muhokama qilindi;
▫️Hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi;
▫️“Ma’rifat” mahallasida fuqarolar muammolari joyida o‘rganildi;
▫️Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar joyida o‘rganildi;
▫️Deputatlik nazorati: 4-sonli umumta’lim maktabining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi;
▫️Inklyuziv ta’lim: 4-sonli umumta’lim maktabida nogironligi bo‘lgan bolalar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi;
▫️Deputatlik nazorati: “Turon” mahallasida ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi;
▫️“Ko‘chama-ko‘cha deputat daftari”dagi murojaatlar joyida o‘rganildi;
▫️Ta’lim sohasida deputatlik nazorati: ta’lim sifati, bitiruvchilar natijalari va pedagoglar salohiyati tahlil qilindi;
▫️Yoshlar bandligi va muammolari deputatlik nazoratida: “Guliston” mahallasida o‘rganish o‘tkazildi;
▫️Deputatlik nazorati: “Alpomish” mahallasida ko‘p kvartirali uylar atrofini obodonlashtirish ishlari o‘rganildi;
▫️Madad NTT: Fuqarolar murojaatlari — e’tibor markazida;
▫️Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar olindi;
▫️Bir necha kundan buyon oqayotgan ichimlik suvi: “Eskishahar” mahallasidagi muammo deputatlik nazoratiga olindi;
▫️“Namuna” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi va aholi muammolari muhokama qilindi;
▫️Deputat 9 oylik faoliyati yuzasidan saylovchilarga axborot berdi;
▫️Piyodalar xavfsizligi deputat e’tiborida: Termiz shahridagi chorrahalar o‘rganildi;
▫️Termizda “Yashil dastur” ijrosi: ekologik barqarorlik va yashil hududlarni kengaytirish masalalari o‘rganilmoqda;
▫️“Tinchlik” mahallasida deputatlik nazorati: belgilangan vazifalar ijrosi muhokamada;
▫️Tadbirkorlik rivoji — aholi bandligi kafolati;
▫️Ijtimoiy soha obyektlari o‘rganildi;
▫️“Do‘stlik” mahallasida O‘RQ–406-sonli Qonuni doirasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.