


Partiyaning 35 yilligi munosabati bilan shahar kengashi deputati taqdirlandi
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan partiyaning Surxondaryo viloyat Kengashida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, viloyat Kengashi deputatlari, tuman va shahar partiya Kengashlari raislari, partiya faxriylari hamda faol a’zolari ishtirok etdi.
Tantanali tadbir davomida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining 35 yillik faoliyati, mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shib kelayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.
Xususan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash hamda xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi tashabbuslarni ilgari surish borasidagi faoliyatga alohida urg‘u berildi.
Tadbirning quvonchli jihatlaridan biri — partiya rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh faollarning e’tirof etilgani bo‘ldi.
Jumladan, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashiga O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasidan saylangan deputat Fayzullayev Xikmat Boboqulovich partiya faoliyatidagi xizmatlari uchun “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari hamda Kengash kotibiyati jamoasi Fayzullayev Xikmat Boboqulovichni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!
Xalq manfaatlari yo‘lidagi ezgu tashabbuslar va samarali faoliyat bardavom bo‘lsin!