Barcha yangiliklar
Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
Gallery image 280333
Gallery image 280334
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
31 Okt 2026
08:44

Ko‘p qavatli uylar holati va boshqaruv kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Aholi uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarda obodonlashtirish ishlarini samarali tashkil etish hamda kommunal xizmatlar sifatini oshirish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 2-“Yulduz” saylov okrugi deputati I.Shatova “Yulduz” mahallasida bo‘lib, hududga xizmat ko‘rsatuvchi boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur o‘rganish ishlari “24 ta muhim yo‘nalish”ning 13-bandi doirasida tashkil etilib, mahallada ko‘p qavatli uylarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Xususan, boshqaruv servis kompaniyasi faoliyatining samaradorligi, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari (podyezdlari), yerto‘lalari, uylar atrofidagi hududlarning sanitariya holati, tozaligi va yoritilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida mavjud holatni tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda ko‘p qavatli uylar va ularga tutash hududlarda tozalik, obodonlashtirish va saqlash ishlarini yanada yaxshilash muhimligi ta’kidlandi.

Deputatlik nazorati doirasidagi bunday o‘rganishlar aholi murojaatlari va mavjud muammolarni joyida aniqlash, mas’ul tashkilotlar faoliyati samaradorligini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini shakllantirishga xizmat qiladi.