

Kengash_faoliyati
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#doimiy_komissiya_faoliyati
#deputat_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_masala
#_Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
✅Aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz va sifatli ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ustidan deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
✅Jumladan, Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi,deputat O.Ishpo‘latov, tomonidan hududdagi mahallalarda gaz ta’minoti bilan bog‘liq holatlar o‘rganildi. O‘rganish jarayonida aholining murojaatlari tinglanib, tabiiy gaz yetkazib berish sifati, bosim darajasi, mavjud nosozliklar hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yuzasidan mas’ul mutasaddilarning faoliyati tahlil qilindi.
✅Shuningdek, tuman gaz ta’minoti bo‘limi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan amaliy choralar va istiqboldagi rejalar yuzasidan tegishli ma’lumotlar olindi. O‘rganish davomida ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, ularning ijrosini nazoratga olish belgilandi.
✅Bunday o‘rganishlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish bo‘yicha samarali choralar ko‘rish hamda kommunal xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda.