Barcha yangiliklar
6-oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi
Gallery image 280298
Gallery image 280299
Gallery image 280300
Gallery image 280301
Gallery image 280302
Gallery image 280303
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
31 Okt 2026
16:17

6-oilaviy poliklinikada ta’mirlash ishlari va tibbiy xizmat ko‘rsatish sharoitlari o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 29-avgustdagi 265-I-sonli “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirish doirasida 3-Guliston saylov okrugidagi 6-oilaviy poliklinikada o‘rganish olib borildi.

O‘rganishda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati J.Abdullayev, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov, kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova va poliklinika bosh vrachi M.Yusupov ishtirok etdilar.Jarayon davomida poliklinikada olib borilgan mukammal ta’mirlash ishlari, yaratilgan sharoitlar hamda aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘zdan kechirildi.

Umumiy qiymati 6 milliard 185 million so‘mni tashkil etuvchi loyiha doirasida asosiy ta’mirlash ishlari yakunlangan. Ayni vaqtda muassasaning issiqlik tizimiga oid ishlar nihoyasiga yetkazilmoqda. O‘rganish jarayonida ushbu ishlarni sifatli yakunlash, poliklinikaning barcha muhandislik-kommunikatsiya tizimlarini to‘liq ishga tayyorlash va bemorlar uchun qulay sharoitlarni ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Qonunning 3-moddasida fuqarolar sog‘lig‘ini saqlashning asosiy prinsiplaridan biri sifatida aholining barcha qatlamlari tibbiy yordamdan bahramand bo‘la olishini ta’minlash belgilangan. Shu nuqtayi nazardan, birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish muassasalarida zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va xizmat sifatini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

O‘rganish yakunida mas’ullarga issiqlik tizimiga oid ishlarni belgilangan talablar asosida yakunlash, ajratilgan budjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi hamda poliklinikani to‘laqonli foydalanishga tayyorlash yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.