Barcha yangiliklar
XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING O‘TTIZ TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
Gallery image 280288
Gallery image 280289
Gallery image 280290
Gallery image 280291
Gallery image 280292
Gallery image 280293
Gallery image 280294
Gallery image 280295
Gallery image 280296
Gallery image 280297
AKBAROVA NARGIZAXON QAXXOROVNA
31 Okt 2026
16:14

XALQ DEPUTATLARI MARG‘ILON SHAHAR KENGASHINING O‘TTIZ TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI

Jamoat xavfsizligi, fuqarolar murojaatlari, mahalliy budjet mablag‘laridan foydalanish va aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bandligini ta’minlash masalalari deputatlar muhokamasidan o‘tdi

Yettinchi chaqiriq Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi, o‘ttiz to‘rtinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda shahardagi huquq-tartibot holati, jinoyatchilikning oldini olish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan foydalanish hamda 2027-yilda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ish bilan ta’minlashga doir masalalar ko‘rib chiqildi. Sessiya ishiga Kengash raisi O.Axmatshayev raislik qildi. Unda shahar Kengashi deputatlari, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev, shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Bektoshev, tegishli tashkilotlar rahbarlari, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat va Yoshlar maslahat guruhi a’zolari, mahalla raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi dastlabki ikki masala shaharda qonuniylikni mustahkamlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish hamda jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalariga bag‘ishlandi. Dastlab, shahar prokurori A.Boboxo‘jayev joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berdi. Shundan so‘ng shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i F.Bektoshev jamoat xavfsizligini ta’minlash, kriminogen vaziyatni yaxshilash va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot taqdim etdi. Muhokamalarda mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish, mavjud muammolarni barvaqt aniqlash va huquqbuzarliklarning oldini olishda tegishli idoralar hamkorligini kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.

Sessiyada iqtisodiy va ijtimoiy yo‘nalishdagi masalalar ham atroflicha muhokama qilindi. Xususan, shahar hokimligining mahalliy budjetning 2026-yilgi qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish bo‘yicha taklifi yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Turdaliyev hisobot berdi. Shuningdek, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2027-yilda ish bilan ta’minlash uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va ularni zaxiraga qo‘yish masalasi yuzasidan Z.Abdullayev hisobot taqdim etdi. Ushbu masalalar muhokamasida budjet mablag‘laridan samarali va maqsadli foydalanish, hududning ustuvor ehtiyojlarini inobatga olish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish va ularning bandligini ta’minlash masalalarining ahamiyati qayd etildi.

Kun tartibidagi navbatdagi masala Kengashning 16-oktabrdagi qarori ilovasiga o‘zgartirish kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi. Ushbu masala yuzasidan Kengash kotibiyati mudiri A.Ermatov axborot berdi. Mazkur yo‘nalishdagi masalalar Kengashning «Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha» doimiy komissiyasi tomonidan dastlabki tartibda o‘rganilgan.

Kun tartibidagi so‘nggi masala fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga bag‘ishlandi. Bu borada shahar Xalq qabulxonasining joriy yil to‘qqiz oyi davomidagi faoliyati, shuningdek, shahar davlat organlari, korxona va tashkilotlarida murojaatlarni ko‘rib chiqish va ularning yechimini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi. Muhokamalar davomida murojaatlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarga amaliy yechim topish, ijro intizomini mustahkamlash hamda aholi bilan muloqot samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.

Sessiya davomida deputatlar kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tegishli takliflarni ilgari surdilar. Muhokamalar yakunida barcha masalalar bo‘yicha tegishli Kengash qarorlari qabul qilindi.