Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 280270
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Okt 2026
15:50

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala

Saroy mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Kengashining 3-“Saroy” saylov okrugi deputati O.Allaberdiyev okrugiga qarashli “Saroy” mahallasida bo‘lib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.