Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 280269
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Okt 2026
15:49

Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#24_ta_muhim_masala
#6_band
#162_qonun

Mahallada xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi

✅Mahallalarda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarni mustahkamlash hamda xotin-qizlar o‘rtasida tazyiq va zo‘ravonlikning barvaqt oldini olish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

✅ SShu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Kengashining 3-“Saroy” saylov okrugi deputati O.Allaberdiyev okrugiga qarashli “Saroy” mahallasida bo‘lib,, Xotin-qizlar faolining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

✅Mazkur jarayon mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etilib, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida” O‘RQ-561-sonli Qonuni asosida tahlil qilindi.

✅Mas’ullar tomonidan xotin-qizlar faolining amaliy ishlari atroflicha tahlil qilindi:

✅Tazyiq va zo‘ravonlik profilaktikasi: Oila-turmush munosabatlarida nizo va tazyiqqa uchragan xotin-qizlarni aniqlash hamda ularga "Himoya orderi" berilishi holati;

✅"Ayollar daftari": Daftarga kiritilgan xotin-qizlarga ijtimoiy, huquqiy va moddiy ko‘mak ko‘rsatish manzilliligi;

✅Bandlik va tadbirkorlik: Ishsiz ayollarni daromadli mehnatga jalb etish, kasanachilik va hunarmandchilikka o‘qitish;

✅Oila ma’naviyati: Ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan ishlash hamda mahallada sog‘lom oilaviy muhitni shakllantirish.

✅O‘rganishlar yakunida Xotin-qizlar faoliga mahalladagi har bir ayolning muammosiga bee’tibor bo‘lmaslik, nizo kelib chiqayotgan oilalar bilan barvaqt ishlash hamda O‘RQ-561-sonli Qonun ijrosini qat’iy ta’minlash bo‘yicha tavsiya va ko‘rsatmalarini berildi.