Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 280261
Gallery image 280262
Gallery image 280263
Gallery image 280264
Gallery image 280265
Gallery image 280266
Gallery image 280267
Gallery image 280268
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Okt 2026
15:34

Kengash_faoliyati

#doimiy_komissiya_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

BANDIXONDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: ELEKTR TA’MINOTI BARQARORLIGI YO‘LIDA QANDAY ISHLAR AMALGA OSHIRILDI?

✅Aholi xonadonlarida chiroqlar barqaror yonishi, qishning sovuq kunlarida elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga kelmasligi uchun Bandixon tumanida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

✅Ayni shu savollarga javob topish, 2026–2027-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik jarayonlarini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasida press-tur tashkil etildi.

✅Unda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Ishpo‘latov, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Z.Pardayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, elektr ta’minotini yaxshilash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud imkoniyatlar va belgilangan rejalar bilan yaqindan tanishdilar.

📊 RAQAMLAR NIMANI KO‘RSATADI?

Bugungi kunda Bandixon tumanida:

🔹 520 ta transformator;
🔹 1 050 kilometrga yaqin elektr tarmog‘i mavjud.

✅Bunda tuman elektr tarmoqları korxonası boshlıg‘ı X.Ibragımov tomonıdan kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish va elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash maqsadida keng ko‘lamli ta’mirlash ishlari olib borilganlıgı ma’lum qilindı.

Xususan:

🔹 37 ta transformator punkti va 121 kilometr elektr tarmog‘i mukammal ta’mirlandi;
🔹 47 ta transformator punkti hamda 167 kilometr tarmoq liniyasida joriy ta’mirlash ishlari bajarildi.

YANGILANAYOTGAN TARMOQLAR — BARQAROR TA’MINOT POYDEVORI

Dasturlar doirasida 5 ta transformator o‘rnatilib, 450 ta beton tayanch ustuni va 15 kilometrdan ortiq elektr tarmog‘i tortildi.
Shuningdek, “Tashabbusli byudjet” loyihalari doirasida Paxtakor mahallasida:

🔸 4 ta transformator;
🔸 267 ta beton tayanch ustuni o‘rnatildi;
🔸 7 kilometrdan ortiq elektr tarmog‘i tortildi.

✅"Bu ishlar elektr tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash, mavjud infratuzilmani mustahkamlash va iste’molchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi" - deydi korxona rahbari.

✅MUAMMOLARGA TEZKOR YeCHIM — DOIMIY TAYYORLIK

✅Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarni tezkor bartaraf etish maqsadida 4 ta maxsus brigada tashkil etilgan. Ular zarur texnika, jihozlar va boshqa vositalar bilan ta’minlangan. Elektr ta’minoti korxonasida barcha turdagi zarur jixozlar va vositalar uchun zaxiralar yaratilgan.

✅Zero, elektr ta’minotidagi barqarorlik — xonadonlardagi qulaylik, ijtimoiy soha ob’yektlarining uzluksiz faoliyati va aholi turmush farovonligi uchun muhim omil.

✅Asosiy maqsad — Bandixon aholisini kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish va har bir xonadonda yorug‘lik barqarorligini ta’minlashdan iborat!