Barcha yangiliklar
Mahalla yettiligi faoliyati örganildi
Gallery image 280260
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
31 Okt 2026
15:27

Mahalla yettiligi faoliyati örganildi

Örganiş davomida Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi “Barqaror iş örinlarini yaratiş va kiçik biznesni jadal rivojlantiriş orqali aholi daromadlarini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlaş yuzasidan mahalla yettiligi a’zolari tomonidan amalga oşirilayotgan işlar bilan tanişildi.

Jumladan, aholi bandligini ta’minlaş, işsiz fuqarolarni işga joylaştiriş, tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda oilalar daromadlarini oşiriş borasidagi işlarni taşkil etiş masalalariga e’tibor qaratildi.

Şuningdek, Farmonda belgilangan vazifalar ijrosini samarali taşkil etiş, mahalladagi mavjud imkoniyatlardan foydalaniş va fuqarolarni daromadli mehnat bilan band qiliş borasida mahalla yettiligi faoliyatining ahamiyati muhokama qilindi.

Asosiy maqsad — barqaror iş örinlarini yaratiş, tadbirkorlikni rivojlantiriş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan çora-tadbirlar ijrosini ta’minlaş.