


Kengash_faoliyati
#doimiy_komissiya_faoliyati
#Biriktirilgan_tashkilot
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Elektr tarmoqlari korxonasining kuz-qish mavsumiga shayligi tahlil qilindi
✅Bandixon tumanida yoqilg‘i-energetika sohasini bo‘lajak kuz-qish mavsumiga puxta tayyorlash, elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash va mavjud infratuzilmani soz holatga keltirish borasida tizimli deputatlik nazorati olib borilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi, deputat O.Ishpo‘latov tuman Elektr tarmoqlari korxonasida bo‘lib, o‘rganish ishlarini amalga oshirdi.
✅Monitoring jarayonida elektr tarmoqlari va transformator punktlarini joriy hamda kapital ta’mirlash reja-topshiriqlarining amaldagi ijrosi, korxonada yaratilgan avariyaviy moddiy-texnik zaxiralar, tezkor avariya-tiklash brigadalarining mavsumga shaylik holati ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi tahlil etildi.
✅Tashrif yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr energiyasi ta’minotidagi yuklamalarni me’yorlashtirish va qish mavsumini uzluksiz ta’minot bilan o‘tkazish yuzasidan mas’ullarga tegishli vazifalar yuklatildi.