




Kotib
#Qonun_ijrosi #162_ta_eng_muhim_qonun, #Deputatlik_nazorati #19_1_Modda_ijrosi
#Hamkorlik_faoliyati #24_ta_tavsiyaviy_savol
148-sonli DMTTga tashrif
Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Шахноза Умарова okrugdagi 148-sonli DMTTda kuz-qish mavsumini betalafot o‘tkazish, tarbiyalanuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish hamda mavjud infratuzilma obyektlarining mavsumga tayyorgarligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganilmoqda.
Tayyorgarlik jarayonida ijtimoiy soha obyektining isitish tizimlari, elektr energiyasi va kommunal xizmatlarning holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mavsum davomida xizmatlar barqarorligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Deputat tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining borishi nazorat qilinib, aholining murojaatlari va takliflari ham inobatga olinmoqda.