Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280200
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
31 Okt 2026
14:45

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

HAFTALIK DAYJEST:

Yakunlanayotgan haftada Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar sarhisobi bilan tanishing:


📚 USTOZ — VATAN TARAQQIYOTINING BUYUK BUNYODKORI

🇺🇿 Yoshlar bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv o‘tkazildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 3-“Poshxurt” saylov okrugi deputati I. Nuriddinov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

📑 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi rais O.Tursunov tomonidan Kengash huzuridagi ekspert guruhi a’zolari bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan fikr almashdi.

📌 Yoshlar bilan ochiq muloqot

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🏗 “G‘URJAK 2” MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI BILAN TANISHILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov tomonidan “G‘urjak 2” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

📍 MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI FAOLIYATI O‘RGANILDI

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan 12-Cho‘mishli-Taroqli saylov okrugi deputati F.Shermuxamedovaning saylov okrugiga qarashli “Taroqli” mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Afruza” oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishildi.

📍 ELEKTR TA’MINOTI INFRASTRUKTURASI YAXSHILANISHI DEPUTATLIK NAZORATIDA

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 8-Mehnatobod saylov okrugi deputati S. Irisov tomonidan “Mehnatobod” mahallasida Sherobod tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan yangidan o‘rnatilayotgan beton ustunlarni o‘rnatish jarayoni nazorat qilindi.

📌 YOSHLAR SIYOSATI: AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI

🏢 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tumani bo‘limida uchrashuv o‘tkazildi.

📌 PARTIYA GURUHI MAJLISIDA MUHIM MASALA MUHOKAMA QILINDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi partiya guruhining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisni partiya guruhi rahbari M. Madarqulov olib bordi.

📢 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV: MUAMMOLAR VA TAKLIFLAR O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 25-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat O. Tursunov “Boyqishloq” mahallasida saylovchilar bilan uchrashib, ularga amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot berdi.

🧵 TIKUVCHILIK SEXI FAOLIYATI BILAN TANISHILDI

🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 4-Uch-yog‘och–Qorabog‘ saylov okrugi deputati K. Xashimova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov “Qorabog‘” mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan tikuvchilik sexiga tashrif buyurishdi.

🏛 SHEROBODDA ANORCHILIKNI RIVOJLANTIRISH VA EKSPORT MASALALARI YUZASIDAN FIKR ALMASHILDI

🤝 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi doimiy komissiyalarining qo‘shma majlisi doirasida Surxondaryo viloyati Anorchilik uyushmasi rahbari Sh.Bo‘riyev bilan anorchilik sohasining bugungi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

🏛 DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

📌 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashining 9-G‘o‘rin-Hakimobod saylov okrugidan saylangan deputati Y.Shoymanov tomonidan “Hakimobod” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

AHOLI MUAMMOLARI O‘RGANILDI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi deputati, 16-Kattahayot–Do‘stlik saylov okrugi deputati T. Mirzayevning saylov okrugiga qarashli “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘iniga Kengash kotibiyati mudiri O. Tursunov tashrif buyurdi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube