Barcha yangiliklar
Kengash_faoliyati
Gallery image 280191
Gallery image 280192
Gallery image 280193
Gallery image 280194
Gallery image 280195
Gallery image 280196
Gallery image 280197
Gallery image 280198
Gallery image 280199
ESHONQULOV ELBEK ABDURAZOQOVICH
31 Okt 2026
14:30

Kengash_faoliyati

Bandixon tumanida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik: gaz ta’minoti holati o‘rganildi

✅Bandixon tumanida aholini kuz-qish mavsumida tabiiy va suyultirilgan gaz bilan uzluksiz ta’minlash, mavjud tarmoqlarni ta’mirlash hamda xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

✅Mazkur maqsadda “Kuz-qish mavsumida aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va belgilangan rejalar” mavzusida press-tur tashkil etildi. Tadbirda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Ishpo‘latov, tuman hokimligi axborot xizmati rahbari Z.Pardayev hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

✅Ishtirokchilar “Bandixontumangaz” gaz ta’minoti bo‘limida olib borilayotgan ishlar, mavsumga tayyorgarlik jarayoni va mavjud imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

✅Ma’lumotlarga ko‘ra, tumanda 2 740 ta xonadon va 32 ta ulgurji iste’molchi tabiiy gazdan foydalanadi. Joriy yil davomida 20,5 kilometr gaz quvurlari ta’mirlanib, bo‘yoqlandi hamda 4 ta gaz taqsimlash qurilmasi yangidan o‘rnatildi. Shuningdek, zarur jihozlar va vositalar zaxirasi shakllantirilgan.

✅Aholi va iste’molchilarga tezkor xizmat ko‘rsatish uchun 2 ta maxsus texnika, 2 ta brigada hamda 6 nafar xodim biriktirilgan.

✅Suyultirilgan gaz ta’minoti bo‘yicha ham tizimli ishlar olib borilmoqda. Tumandagi 22 ta mahallada istiqomat qiluvchi 17 186 ta xonadon suyultirilgan gaz bilan ta’minlanadi. Ushbu yo‘nalishda 4 ta maxsus gaz tashish texnikasi faoliyat yuritmoqda. Maishiy gaz ballonlari aholiga o‘rtacha 45–50 kun oralig‘ida yetkazib berilmoqda. Bundan tashqari, ehtiyoj yuzaga kelganda foydalanish uchun 30 ga yaqin zaxira gaz balloni shakllantirilgan.

✅Amalga oshirilayotgan ishlar aholini sovuq kunlarda gaz ta’minotidagi uzilishlardan himoya qilish va har bir xonadonda qish mavsumini xotirjam o‘tkazish uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan.