


KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK BO‘LIMIDA KVOTA MA’LUMOTLARI O‘RGANILDI
Aholi bandligini ta’minlash, ish izlayotgan fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb etish hamda ishga joylashtirish imkoniyatlarini kengaytirish — hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Belgilangan kvotalar bo‘yicha ma’lumotlarning tahlili esa ish bilan ta’minlash jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limida bo‘lib, ish o‘rinlari kvotasi bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishdi.
O‘rganish davomida belgilangan kvota ko‘rsatkichlari, kvota asosida ishga joylashtirishga oid ma’lumotlar hamda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish masalalariga e’tibor qaratildi.
Kvota ma’lumotlarini tizimli yuritish, ishga joylashtirish jarayonini doimiy kuzatib borish va bandlikka muhtoj fuqarolar bilan manzilli ishlash mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishda muhim o‘rin tutadi.
Maqsad — ish o‘rinlari kvotasi bo‘yicha ma’lumotlarning holatini o‘rganish, bandlik yo‘nalishidagi ishlar samaradorligini oshirish va fuqarolarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish.