Barcha yangiliklar
#Işsizlik_va_kambağallikni_qisqartiriş
KARIMOV SIROJBEK OTABEK O‘G‘LI
31 Okt 2026
13:55

#Işsizlik_va_kambağallikni_qisqartiriş

 Deputat N.Allaberganova tuman "Ştabi" faoliyati samaradorligini örgandi
🏛 Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengaşi deputati Nafosat Allaberganova "Kambağallikni qisqartiriş va bandlik" masalalari bilan şuğullanayotgan tuman "Ştabi" iş faoliyati samaradorligi holatini örgandi.
📋 Örganiş tafsilotlari va natijalari:
💼 Işsiz yoşlar bandligi: Tumandagi korxona, taşkilot va muassasa rahbarlariga berkitilgan işsiz yoşlarni işga jalb qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi;
🤝 Hamkorlik va yeçim: Örganiş davomida ştab a’zolari hamda rahbarlar örtasida muammoli masalalarni birgalikda, hamkorlikda hal qiliş tizimi yölga qöyilganligi ma’lum böldi;
📈 Samaradorlik va nazorat: Yoşlar bandligini ta’minlaş va kambağallikni qisqartiriş borasida işlar deputatlik nazoratiga olindi.
💬 Tuman ştabining bunday tizimli faoliyati yoşlar bandligini oşiriş va ularning ijtimoiy muhofazasini kuçaytirişga xizmat qilmoqda.