



Kengash_faoliyati
SOVUQ KUNLARDA HAM O‘QUVCHILAR UCHUN QULAY SHAROIT — MUHIM VAZIFA!
✅Kuz-qish mavsumi yaqinlashar ekan, ta’lim muassasalarida o‘quvchilar uchun munosib sharoit yaratish, sinfxonalarni issiqlik bilan ta’minlash va hududlarni obod saqlash dolzarb vazifalardan biridir.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan ta’lim muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda. Navbatdagi manzil — 45-sonli umumta’lim maktabi bo‘ldi.
✅O‘rganish davomida maktabda qish mavsumida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, isitish tizimining holati hamda obodonlashtirish ishlari e’tibor markazida bo‘lmoqda.
✅ Zero, qishning sovuq kunlarida ham bolalarimiz issiq va shinam sinfxonalarda ta’lim olishi, ustozlarimiz samarali faoliyat yuritishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish muhim ahamiyatga ega.