Barcha yangiliklar
YANGIOBOD TUMANIDAGI BOZORDA NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI
Gallery image 280172
Gallery image 280173
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
31 Okt 2026
11:45

YANGIOBOD TUMANIDAGI BOZORDA NARX-NAVO HOLATI O‘RGANILDI

Aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlash, bozorlarda narxlar barqarorligini kuzatib borish va xaridorlar uchun qulay sharoit yaratish — aholi turmush farovonligini ta’minlashning muhim yo‘nalishlaridan biridir. Kundalik iste’mol mahsulotlari narxlarini o‘rganish aholi manfaatlarini himoya qilish va mavjud masalalarga e’tibor qaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov tuman bozorida bo‘lib, savdo rastalaridagi mahsulotlar va narx-navoning holati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida kundalik ehtiyoj uchun zarur oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari, mahsulotlar savdosi hamda aholining xarid imkoniyatlariga ta’sir etuvchi omillarga e’tibor qaratildi.

Bozorlarda narx-navoni muntazam kuzatib borish, savdo madaniyatiga rioya etish, mahsulotlar sifati va xavfsizligiga e’tibor qaratish hamda xaridorlar uchun munosib sharoit yaratish muhim vazifalardan hisoblanadi.

Maqsad — bozordagi narx-navoning holatini o‘rganish, aholi manfaatlariga e’tibor qaratish va iste’molchilar uchun qulay savdo muhitini qo‘llab-quvvatlash.