



Kengash_faoliyati
POLIKLINIKALAR QISHGA TAYYORMI? AHOLI SALOMATLIGI E’TIBORDA!
✅Kuz-qish mavsumida tibbiyot muassasalarining bir maromda ishlashi, bemorlar uchun munosib sharoit yaratish va aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Abdumalik Allamuradov tomonidan ijtimoiy soha ob’yektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.
✅Navbatdagi o‘rganish ishlari Bag‘rikeng mahallasida joylashgan 42-sonli oilaviy poliklinikada olib borildi. Muassasaning mavjud holati, sovuq kunlarda bemorlarni qabul qilish va aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
✅O‘rganish davomida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, fuqarolar uchun zarur sharoitlarni yaratish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda poliklinikaning qish mavsumiga puxta tayyorgarligini ta’minlash vazifalari belgilab berildi.
✅ Zero, inson salomatligi va xalqimizga munosib sharoit yaratish— eng muhim vazifalardan biridir!