


YANGIOBODDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA
Obod va ko‘rkam hudud — aholi uchun qulay muhit, yuksak madaniyat va farovon hayot ifodasidir. Ko‘chalar, yo‘l bo‘ylari hamda turar joylar atrofini tartibga keltirish, hududlar ozodaligini ta’minlash va infratuzilmani yanada obodonlashtirish ishlari tumanning umumiy qiyofasini yaxshilashga xizmat qiladi.
Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi Kotibiyati mudiri, deputat V. Xasanov “Yo‘llardan foydalanish” davlat muassasasi xodimlari tomonidan tumanda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi.
Ayni paytda tuman hududlarida ko‘chalar va yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish, turar joylar atrofini obodonlashtirish hamda jamoat joylarining ozodaligini saqlashga qaratilgan ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarni toza va tartibli saqlash, obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish hamda aholiga qulay yashash muhitini yaratishda mas’ul tashkilotlar faoliyati muhim o‘rin tutadi.
Maqsad — Yangiobod tumanida ozoda, ko‘rkam va qulay muhitni shakllantirish, ko‘chalar hamda yo‘l bo‘ylarining obodonligini ta’minlash.
Obod mahalla — farovon hayot, ozodalik esa umumiy madaniyat mezonidir!