Barcha yangiliklar
9-SONLI MAKTAB SPORT ZALINING HOLATI DEPUTAT E’TIBORIDA
Gallery image 280142
Gallery image 280143
Gallery image 280144
ISAYEV SARDORJON KARIMJON O‘G‘LI
31 Okt 2026
11:38

9-SONLI MAKTAB SPORT ZALINING HOLATI DEPUTAT E’TIBORIDA

Yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol bo‘lib voyaga yetishida sport va jismoniy tarbiyaning o‘rni beqiyos. Maktablarda o‘quvchilar uchun xavfsiz, qulay va zamonaviy sport sharoitlarini yaratish ularning salomatligini mustahkamlash, sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Isroilov 9-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, sport zalining holati bilan tanishdi.

Tanishuv davomida sport zalining umumiy holati, mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaratilgan sharoitlar, sport jihozlarining saqlanishi hamda o‘quvchilar uchun xavfsiz muhitni ta’minlash bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi.

Sport zallarini talab darajasida saqlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va o‘quvchilarning jismoniy tarbiya bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratish ta’lim muassasalari oldidagi muhim vazifalardan biridir.

Maqsad — maktab sport zalining holatiga e’tibor qaratish, o‘quvchilar uchun munosib sport sharoitlarini qo‘llab-quvvatlash va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish.