Barcha yangiliklar
Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
Gallery image 280107
SAFAR SANJAR AZAMAT O‘G‘LI
31 Okt 2026
10:56

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#Kotibiyat_mudiri_ish_rejasi
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📌 QONUN IJROSI YUZASIDAN O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI


🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati mudiri O.Tursunov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Xo‘janazarov tomonidan “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazining tuman bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi O‘RQ–445-sonli “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish jarayonida tashkilotda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish, ro‘yxatga olish, ko‘rib chiqish hamda qonunchilikda belgilangan muddatlarda hal etish tartiblari savolnoma asosida o‘rganildi.

🔹 Shuningdek, murojaatlar bilan ishlash tizimining samaradorligi, mas’ul xodimlarning qonunchilik talablaridan xabardorlik darajasi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonuniylik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga rioya etilishi tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube