

13-SONLI MAKTABGAÇA TA’LIM TAŞKILOTIDAGI ŞAROITLAR YUZASIDAN DEPUTATLIK SÖROVI YUBORILDI
Mazkur kamçiliklar tarbiyalanuvçilar xavfsizligini ta’minlaş, begona şaxslar va hayvonlarning hududga kirişining oldini oliş, şuningdek, bolalarning erkin va xavfsiz harakatlanişi uçun qulay şaroitlar yaratişda muammolarni yuzaga keltirişi mumkin.
Uşbu masalalarni bartaraf etiş maqsadida Xalq deputatlari Qumqörğon tumani Kengaşi raisi nomidan tuman maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mudiri M. Xurramovga deputatlik sörovi yuborildi.
Deputatlik sörovida maktabgaça ta’lim taşkiloti hududini belgilangan talablarga muvofiq himoya devori bilan öraş, xonalardagi yaroqsiz pol qismlarini ta’mirlaş yoki yangilaş hamda aniqlangan kamçiliklarni bartaraf etiş yuzasidan zarur amaliy çoralar köriş söraldi.
Asosiy maqsad — maktabgaça ta’lim taşkilotida bolalar xavfsizligini ta’minlaş, sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan şaroitlarni yaratiş hamda ta’lim-tarbiya jarayonini qulay muhitda taşkil etişdir.