Barcha yangiliklar
ELEKTR TARMOQLARIDAGI XAVFSIZLIK MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SÖROVI YUBORILDI
Gallery image 280086
AMANOV SIROJIDDIN KARIMOVICH
28 Okt 2026
11:21

ELEKTR TARMOQLARIDAGI XAVFSIZLIK MASALASI YUZASIDAN DEPUTATLIK SÖROVI YUBORILDI

Aniqlanişiça, M-41 xalqaro avtomobil yöli yoqasidagi tadbirkorlik subyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlaş maqsadida tortilgan elektr kabellari “Toza hudud” davlat muassasasi tuman filiali avtoparki hududidan ötgan. Elektr simi tayanç ustunining mustahkamligi va barqarorligi buzilgani, kabellarning past holatda tortilgani maxsus texnikalar hamda xizmat avtomaşinalarining erkin harakatlanişiga tösqinlik qilmoqda.

Mazkur holat transport vositalarini avtopark hududiga olib kiriş va çiqariş, ularni joylaştiriş hamda kundalik xizmat faoliyatini samarali taşkil etişda qiyinçiliklarni yuzaga keltirmoqda. Şuningdek, elektr xavfsizligi bilan boğliq noxuş hodisalar yuz berişi xavfini oşirmoqda.

Uşbu muammoni bartaraf etiş maqsadida Xalq deputatlari Qumqörğon tumani Kengaşi raisi nomidan tuman elektr ta’minoti boşliği Q. Mirzaqobilovga deputatlik sörovi yuborildi.

Deputatlik sörovida elektr tarmoqlari va tayanç ustunining texnik holatini joyiga çiqqan holda örganiş, tayanç ustunini soz holatga keltiriş yoki zaruratga köra almaştiriş, past joylaşgan elektr kabellarini xavfsizlik talablariga muvofiq qayta tortiş hamda avtopark hududida maxsus texnikalar va xizmat avtomaşinalarining erkin hamda xavfsiz harakatlanişini ta’minlaş böyiça zarur amaliy çoralar köriş söraldi.

Maqsad — elektr xavfsizligini ta’minlaş, ehtimoliy baxtsiz hodisalarning oldini oliş hamda “Toza hudud” davlat muassasasi tuman filiali avtoparkining uzluksiz va samarali faoliyati uçun zarur şaroit yaratiş.