


5-SONLI MAKTABNING ISITIŞ TIZIMI YUZASIDAN DEPUTATLIK SÖROVI YUBORILDI
Örganiş davomida maktabdagi mavjud 13 ta isitiş qozonidan 12 tasi yaroqsiz holga kelgani ma’lum böldi. Uşbu holat sovuq mavsumda maktab binosini barqaror issiqlik bilan ta’minlaş, öquvçilar uçun munosib ta’lim hamda pedagog xodimlar uçun qulay mehnat şaroitlarini yaratişda muammolarni keltirib çiqarişi mumkin.
Mazkur masala yuzasidan Qumqörğon tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi mudiri M. Xurramovga deputatlik sörovi yuborildi.
Deputatlik sörovida yaroqsiz holga kelgan 12 ta isitiş qozonining texnik holatini örganiş, ularni ta’mirlaş yoki yangisiga almaştiriş, zarur mablağ manbalarini aniqlaş hamda maktab isitiş tizimining barqaror işlaşini ta’minlaş böyiça amaliy çoralar köriş söraldi.
Şuningdek, körilgan çoralar va amalga oşirilgan işlar yuzasidan qonunçilikda belgilangan 10 kun muddatda yozma javob taqdim etiş söralgan.
Maqsad — ta’lim muassasasida kuz-qiş mavsumini betalafot ötkaziş, öquvçilar va pedagoglar uçun munosib şaroit yaratiş hamda ta’lim sifatiga salbiy ta’sir körsatişi mumkin bölgan muammolarni öz vaqtida bartaraf etiş.