





Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan
#Oylik_Ish_reja_ijrosi
📌 Sessiya qarori qabul qilindi
🏛 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining VII-27-98-8-119-K/26-sonli qarori qabul qilindi.
Mazkur qaror bilan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish, yo‘l infratuzilmasini takomillashtirish hamda piyodalar uchun xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish borasida 2026-yilning 8 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
🔹 Sessiyada Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmasi boshlig‘i Z. Ortiqovning axboroti tinglandi.
🔹 Axborot yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube