Barcha yangiliklar
#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati  “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorati
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
31 Okt 2026
10:41

#haftalik_ish_reja_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #162_qonun #deputat_faoliyati “Jayhun” mahallasida deputatlik nazorati

Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish, "mahalla yettiligi" faoliyatiga amaliy ko‘maklashish hamda aholi muammolarini joyida o‘rganish — xalq vakillarining doimiy diqqat-markazida!

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 4-“Bo‘ston” saylov okrugi deputati G.Abramatova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar “Jayhun” mahallasida bo‘lib, mahalla faollari bilan uchrashdi.
Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-116-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

Yig’ilishda deputat tomonidan quyidagi muhim masalalar atroflicha tahlil qilindi:

"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va boshqa mas’ullarning o‘zaro muvofiqlashgan harakati;

Aholi murojaatlari bilan ishlash: Fuqarolarni qiynayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va kommunal muammolarni "xonadonbay" o‘rganish;

Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash: "Ijtimoiy daftarlar"ga kiritilgan xonadonlar, ehtiyojmand oilalar, xotin-qizlar va yoshlarga manzilli ko‘mak ko‘rsatish ahvoli.

O‘rganishlar yakunida deputat G.Abramatova Prezidentning PF-116-sonli Farmonida belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash, aholi murojaatlarini tezkor hal etish yuzasidan tegishli deputatlik tavsiya va ko‘rsatmalarini berishdi.

Mahalla farovonligi va aholi roziligi — deputatlik nazoratida!