







DÖSTLIKDA IÇKI IŞLAR VAZIRLIGI TAŞKIL ETILGANINING 35 YILLIGI KENG NIŞONLANDI
DÖSTLIKDA IÇKI IŞLAR VAZIRLIGI TAŞKIL ETILGANINING 35 YILLIGI KENG NIŞONLANDI
Döstlik tumanida Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri bölib ötdi.
Unda tuman içki işlar organlari xodimlari, sohada köp yillar samarali mehnat qilgan mehnat faxriylari hamda taklif etilgan mehmonlar iştirok etdi.
Tadbirda Xalq deputatlari tuman kengaşi deputati, tuman hokimi Şavkat Darvişev sözga çiqib, yiğilganlarni qutluğ sana bilan muborakbod etdi. Şuningdek, Davlatimiz rahbarining Içki işlar organlari xodimlari va faxriylariga yöllagan bayram tabrigini öqib eşittirdi.
Bayram munosabati bilan xizmat vazifalarini sidqidildan bajarib kelayotgan bir guruh içki işlar organlari xodimlari tuman hokimligining taşakkurnomalari va esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.
Tantanali tadbir tuman madaniyat bölimi badiiy jamoasi tomonidan taqdim etilgan kontsert dasturi bilan davom etdi. Kuy-qöşiqlar va diltortar çiqişlar bayram şukuhini yanada oşirib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat bağişladi.
- EHTIROM VA E’TIROF — SADOQATLI XIZMATINGIZ UÇUN TAŞAKKUR!
Hurmatli içki işlar organlari xodimlari va soha faxriylari!
Sizlarni Özbekiston Respublikasi Içki işlar vazirligi taşkil etilganining 35 yilligi munosabati bilan çin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Içki işlar organlarida xizmat qiliş — yuksak mas’uliyat, mustahkam iroda, fidoyilik va Vatanga çeksiz sadoqatni talab etadigan şarafli kasbdir. Sizlarning jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini ta’minlaş, qonun ustuvorligini qaror toptiriş hamda tinçlik va osoyiştalikni mustahkamlaş yölidagi zahmatli mehnatingiz tahsinga loyiq.
Ayniqsa, el-yurt osoyiştaligi, xalqimizning tinç va xotirjam hayoti yölida tun-u kun xizmat qilayotgan fidoyi xodimlarimizning jasorati va kasbiy burçiga sadoqati barçamiz uçun ibrat maktabidir.
Uşbu qutluğ sana munosabati bilan soha faxriylariga uzoq yillik samarali xizmatlari, yoş avlodga örnak bölayotgan hayotiy tajribalari uçun alohida minnatdorlik bildiraman.
Barçangizga mustahkam soğliq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlaringizga fayz-u baraka, şarafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman!
Yurtimiz tinçligi, xalqimiz osoyiştaligi va qonun ustuvorligi yölidagi mas’uliyatli xizmatingizda doimo zafarlar yor bölsin!
Bayramingiz muborak bölsin!
Hurmat bilan, Xalq deputatlari Döstlik tumani Kengaşi deputati, Döstlik tumani hokimi Şavkat Darvişev