Barcha yangiliklar
🔰Muhim masalalar muhokama qilindi.
Gallery image 280031
Gallery image 280032
Gallery image 280033
Gallery image 280034
YAKUBOV AKBAR ZAIROVICH
31 Okt 2026
08:55

🔰Muhim masalalar muhokama qilindi.

📌Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi raisi M.Imomov boshchiligida Kengash deputatlari ishtirokida ishchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda xalq vakillarining faoliyatini yana-da jonlantirish, aholi bilan muloqot tizimini tubdan takomillashtirish va deputatlik nazoratining ta‘sirchanligini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

🔸Yig‘ilishda deputatlarning o‘z saylovchilari bilan hududlardagi uchrashuvlarini tizimli va natijali tashkil etish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi. Endilikda deputatlar faqat rasmiy qabullar bilan cheklanib qolmay, bevosita “xonadonbay” yurish orqali joylardagi real ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni aniqlashlari va ularni hal etish choralarini ko‘rishlari lozimligi alohida ta‘kidlandi. 

🔸Shuningdek, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini yana-da takomillashtirish hamda ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuborilayotgan deputatlik so‘rovlarining natijadorligini keskin oshirish choralariga e‘tibor qaratildi.