




🚬Giyohvandlikka qarshi kurash – yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
🚬Giyohvandlikka qarshi kurash – yoshlar kelajagi uchun muhim qadam
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova tashabbusi bilan “Sho‘robod” mahallasi hududidagi 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Biz giyohvandlikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
🏦Tadbirning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish, ularning zararli illatlarga nisbatan murosasiz munosabatini shakllantirish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishdan iborat bo‘ldi.
🏦Tadbir davomida o‘quvchilarga giyohvandlikning inson salomatligi, oilaviy muhit va jamiyat hayotiga yetkazadigan jiddiy zararlari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarni turli zararli odatlardan asrash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sport va kitobxonlikka keng jalb qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
🏦Muloqot jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda mavzu yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdilar.
🏦Zero, sog‘lom va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarni giyohvandlik kabi illatlardan himoya qilish nafaqat ta’lim muassasalari, balki butun jamiyatning muhim vazifasidir.
🏦Yoshlar kelajagiga daxldor bunday targ‘ibot tadbirlari deputatlik tashabbusi va jamoatchilik hamkorligida davom ettiriladi.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt