Barcha yangiliklar
🚨 Jamoat xavfsizligi – deputatlik nazoratida
Gallery image 280019
Gallery image 280020
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Okt 2026
20:58

🚨 Jamoat xavfsizligi – deputatlik nazoratida

🚨 Jamoat xavfsizligi – deputatlik nazoratida

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati G. Jabborova tashabbusi bilan “Xumdonak” mahalla fuqarolar yig‘inida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda jamoat xavfsizligini o‘z vaqtida ta’minlash masalasi o‘rganildi.

✔️O‘rganishlar davomida mahalla hududida xavfsizlikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish va sodir etilishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarni tezkor aniqlashda zamonaviy kuzatuv kameralarining ahamiyati inobatga olindi.

✔️Shu munosabat bilan deputat G. Jabborova tomonidan “Xumdonak” mahalla fuqarolar yig‘ini hududiga 8 dona aqlli kuzatuv kamerasini o‘rnatish masalasini hal etish yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari U. Fayzullayev nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

✔️Mazkur tashabbus mahallada osoyishtalikni mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan.

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt