


🔰FUQAROLAR MUROJAATLARI – DEPUTATLIK E’TIBORIDA
🔰FUQAROLAR MUROJAATLARI – DEPUTATLIK E’TIBORIDA
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I. Xolov tomonidan Zarafshon mahallasida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi O‘RQ-445-sonli Qonun mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish yuzasidan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.
➡️Tadbirlar davomida fuqarolarga qonunchilikda belgilangan murojaat qilish huquqi, ariza, taklif va shikoyatlarni taqdim etish tartibi, murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari hamda davlat organlari va mansabdor shaxslarning murojaatlar bilan ishlash borasidagi majburiyatlari haqida tushunchalar berilmoqda.
➡️Shuningdek, har bir fuqaroning o‘z huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat qilish huquqiga ega ekani, murojaatlar qonuniylik, o‘z vaqtida va xolisona ko‘rib chiqilishi tamoyillari asosida hal etilishi zarurligiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
➡️Mazkur targ‘ibot tadbirlarining asosiy maqsadi aholining huquqiy savodxonligini oshirish, murojaatlar bilan ishlash madaniyatini shakllantirish hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlari va huquqlarini ta’minlashga ko‘maklashishdan iborat.
➡️Deputatlik nazorati va huquqiy targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt