Barcha yangiliklar
🏦Xorijiy investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili
MURODOV RAXMAT AXADOVICH
30 Okt 2026
20:55

🏦Xorijiy investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili

🔰#munosabat

🏦Xorijiy investitsiyalar – iqtisodiy taraqqiyot va yangi imkoniyatlar omili

🇺🇿O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining izchil rivojlanib borayotgani iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqmoqda.
🌏Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaning “OYAK” kompaniyasi bosh ijrochi direktori Murat Yalchintash bilan uchrashuvi ham o‘zaro manfaatli investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish yo‘lidagi muhim muloqotlardan biridir.
🔺Uchrashuvda kimyo sanoati, geologiya va qurilish sohalarida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, shuningdek, Yangi Toshkentda turar joy majmualari va infratuzilma obyektlarini barpo etishda hamkorlik qilish masalalari muhokama qilindi.
🔺Deputat sifatida ta’kidlashni istardimki, bunday hamkorlik tashabbuslari mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or tajribalarni jalb etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng muhimi, investitsiyaviy loyihalarning samarasi hududlar rivoji va aholi farovonligida ham o‘z ifodasini topishi lozim.
🔺Zero, har bir yangi investitsiya — yangi imkoniyat, yangi ish o‘rni va barqaror taraqqiyot sari qo‘yilgan qadamdir!

Quvondiq Safarov,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining мahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi

🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt