
🌏Vatandoshlar bilan muloqot – o‘zaro mehr va e’tibor ifodasi
🔰#munosabat
🌏Vatandoshlar bilan muloqot – o‘zaro mehr va e’tibor ifodasi
🇺🇿Prezidentimizning Anqarada istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan uchrashib, ularning hayoti, ta’lim olishi, mehnat faoliyati va kelajakdagi rejalari bilan qiziqqani xorijda yashayotgan yurtdoshlarimiz bilan aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan e’tiborning namunasidir.
🏦Menimcha, vatandoshlar qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, ularning manfaatlari, orzu-intilishlari va muammolari doimo e’tiborda bo‘lishi kerak. Zero, xorijda ta’lim olayotgan, mehnat qilayotgan va o‘z faoliyati bilan yurtimiz nomini munosib namoyon etayotgan har bir yurtdoshimiz mamlakatimizning ajralmas bir qismidir.
🏦Bunday muloqotlar vatandoshlar bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, ularning salohiyati va tajribasidan yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida foydalanish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Jamshid Xudoyev,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi
🇺🇿Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring!👇👇👇
👉Telegram ▶️Youtube 📷Instagram 🗳Facebook🌐 Veb-sayt