Barcha yangiliklar
Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Gallery image 280006
Gallery image 280007
MAMASHUKUROV RAHMON ABDULAXAT O‘G‘LI
30 Okt 2026
20:04

Doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilayotgan masalani dastlabki muhokama qilish maqsadida Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari, Kengash kotibiyati mas’ul xodimi hamda tegishli tashkilot vakili ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibidan bitta masala o‘rin oldi:
— Termiz shahrida “Yashil dastur” ijrosi, ekologik barqarorlikni ta’minlash va yashil hududlarni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida.

Mazkur masala yuzasidan Termiz shahar Ekopolitsiya bo‘limi boshlig‘i S.Qurbonovning hisoboti eshitildi.
Muhokama davomida shaharda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, kuzgi mavsumda hududlarning iqlim sharoitiga mos ko‘chatlarni ekish va parvarishlash, mavjud daraxtlarni muhofaza qilish, yashil hududlarni kengaytirish hamda suv resurslaridan oqilona foydalanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, joylarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijalari yuzasidan doimiy komissiya a’zolari o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirib, ekologik nazoratni kuchaytirish hamda “Yashil dastur” doirasidagi vazifalar ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha tegishli takliflarni ilgari surdilar.

Yig‘ilish yakunida muhokama qilingan masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uni Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish belgilandi.