
“Navro‘z” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati deputatlik nazoratidan o‘tkazildi
Yoshlarning bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish, ta’lim olishi va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlanishiga qaratilgan ishlar “Navro‘z” mahallasida o‘rganildi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 10-“Navro‘z” saylov okrugi deputati X.Xolmuminov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov mahallada bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–406-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi va yoshlar yetakchisi faoliyatini tahlil qildilar.
O‘rganish davomida o‘tgan oyda yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan quyidagi natijalar qayd etildi:
6 nafar yoshning kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashilgan;
18 nafar yoshning bandligi ta’minlangan;
4 nafar yoshga kontrakt to‘lovlari bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Shu bilan birga, yoshlar bilan individual ishlash, band bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga jalb etish, ularni doimiy ish bilan ta’minlash hamda ta’lim olish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiya va takliflar bildirildi.
Deputatlik nazorati davomida belgilangan vazifalar ijrosini izchil davom ettirish va yoshlar murojaatlarini manzilli hal etish muhimligi ta’kidlandi.