
Doimiy komissiya faoliyati tahlil qilindi
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan doimiy komissiyalar faoliyati samaradorligini oshirish, belgilangan vazifalar ijrosini tahlil qilish hamda hududlarda mavjud muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining joriy yil boshidan bugungi kunga qadar amalga oshirgan ishlari yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya a’zolari — deputatlar hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurov ishtirok etdi.
Muhokamalar davomida komissiyaning hisobot davridagi faoliyati, belgilangan vazifalar ijrosi, agrar soha, suv xo‘jaligi va ekologiya yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar hamda mazkur sohalarga oid masalalarni deputatlik nazorati asosida o‘rganish holatlari tahlil qilindi.
Shuningdek, hududlarda ekologik barqarorlikni ta’minlash, atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish ishlarini takomillashtirish, suv resurslaridan oqilona foydalanish hamda aholini qiynayotgan mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Yig‘ilishda doimiy komissiya faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazorati tadbirlarining samaradorligini oshirish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda aniqlangan muammolar yuzasidan amaliy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.
Yakunida komissiya faoliyatini yanada samarali tashkil etish, belgilangan vazifalar ijrosini tizimli ravishda tahlil qilib borish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan tashabbuslarni ilgari surish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi — xalq manfaatlari yo‘lida samarali deputatlik nazorati va mas’uliyatli faoliyat tarafdori!