










#24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Biriktirilgan_tashkilot
Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi deputati Otabek Mavlyanov tomonidan tuman tibbiyot muassasalarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasalaridagi isitish tizimlari, issiqlik ta’minoti, elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlanganlik holati, shuningdek, bemorlar va tibbiyot xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shu bilan birga, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida hal qilish hamda tibbiyot muassasalarining qish mavsumida barqaror va uzluksiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.
Asosiy maqsad — qish mavsumida aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish, bemorlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratish hamda tibbiyot muassasalarining uzluksiz faoliyatini ta’minlashdan iborat.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz