










#hokim_deputat_sifatida #deputat_faoliyati #aholi_murojaatlari
Aholi murojaatlarini o‘rganish, ularni o‘z vaqtida hal etish hamda hududlarda yashash sharoitlarini yaxshilash deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Oltinsoy tumani hokimi, Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 24-“Chinor” saylov okrugidan saylangan deputat Otabek Mavlyanov tashabbusi va bevosita nazorati ostida tumanning olis tog‘li hududlaridan biri bo‘lgan Bodihavo qishlog‘i aholisining murojaatlari asosida keng ko‘lamli obodonlashtirish va infratuzilmani yaxshilash ishlari boshlandi.
Qishloq aholisining turmush sharoitini yaxshilash va hudud infratuzilmasini rivojlantirish maqsadida quyidagi yo‘nalishlarda amaliy ishlar olib borilmoqda:
Elektr ta’minoti: elektr ta’minotini yaxshilash, eskirgan simyog‘och va transformatorlarni yangilash, elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish;
Yo‘l infratuzilmasi: tog‘li hudud yo‘llarini tekislash, kengaytirish va ta’mirlash orqali harakatlanish uchun qulay sharoit yaratish.
Mazkur ishlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida, aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish hamda Bodihavo qishlog‘ida yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilgan.
Belgilangan ishlarni sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash maqsadida zarur kuch va texnikalar jalb etilgan. Amalga oshirilayotgan ishlarning borishi tuman hokimi va tegishli mas’ullar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Aholi murojaatlari — doimiy e’tibor va amaliy ijro markazida!
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz