




DEPUTAT MAHALLADA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” TADBIRIDA QATNASHDI
Tadbirda Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 21-Xo‘jasoat saylov okrugidan saylangan deputat Hakimov Yusuf Muhammadievich, mahalla nuroniylari, qishloqning tabarruk keksalari, maktab o‘quvchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida hayotiy tajribaga ega nuroniylar o‘zlarining ibratli hayot yo‘llari, bosib o‘tgan mehnat faoliyatlari va hayotiy saboqlari haqida so‘zlab berdilar.
Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ilm-fanni puxta egallash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashga da’vat etdilar.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda keksa avlod vakillariga ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik, shuningdek, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlarning ahamiyatini alohida ta’kidladilar.
Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, yoshlar qalbida kattalarga hurmat, milliy qadriyatlarga sadoqat va kelajakka ishonch tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz